O‘zbekiston Rossiyaning Dimitrovgrad shahrida qurilayotgan ko‘p maqsadli, tezkor neyronlar asosidagi tadqiqot reaktorini (MBIR) yaratish bo‘yicha xalqaro konsorsiumga a’zo bo‘lish masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida “Rosatom” vakili Yevrosiyo iqtisodiy forumi-2025 vaqtida ma’lum qildi.

Bu nima uchun muhim?

Bunday reaktor elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun emas, balki ilmiy va texnologik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston uchun loyihada ishtirok etish o‘z yadroviy sanoatini rivojlantirishda qo‘l keladigan tajriba va bilim olish imkoniyatini beradi.

Yopiq yadroviy-yoqilg‘i sikli nima?

Odatiy atom stansiyalarida yoqilg‘i ishlatilganidan keyin chiqindiga aylanadi.

Yopiq siklda esa barchasi boshqacha: u qayta ishlanadi va reaktorga qaytariladi.

Buning uchun tezkor neyronlar bilan ishlaydigan reaktorlar kerak.

Bu quyidagilarga imkon beradi:

  • aynan o‘sha yoqilg‘idan ko‘proq energiya olish
  • yadroviy chiqindilarni qoldirmaslik
  • qayta ishlangan yoqilg‘idan takroran foydalanish

Batafsil

O‘zbekiston va Rossiya respublikada kichik va yirik energobloklardan iborat atom elektrostansiyasini qurish masalasida allaqachon kelishib olgan. Bu mamlakatning yadroviy energetika sohasidagi birinchi tajribasi bo‘ladi.