Iqtisodiy o‘sish: 

5 oy ichida sanoat 6,4 foizga, eksport 18 foizga, xorijiy investisiyalar 46 foizga oshgan, 2,5 mingdan ziyod yangi korxonalar ishga tushgan.

Mahallliy byurokratiya: 

Prezident vazirlik va hokimliklarda ortiqcha byurokratiya mavjudligi va tashabbuskorlikning yo‘qligini, oddiy masalalarni hal etishda ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.

Narxlar barqarorligi:

Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxini barqaror ushlab turish maqsadida QQS bo‘yicha keshbek joriy etildi. Prezident narxlar barqaror holatda ushlanmasa, rasmiylar ishdan bo‘shatilishini aytdi.

Nazorat tizimini isloh qilish:

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifalari Hisob palatasiga o‘tkazildi. 

Xalq Nazorati:

Fuqarolar infratuzilmadagi muammolar haqida xabar beradigan “Xalq nazorati” elektron portali faoliyati butun O‘zbekiston bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi (ayni vaqtda faqat Toshkent shahrida ishlaydi)

Xalq qabulxonalari islohoti:

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi, qabulxonalarga viloyat va tuman hokimlari rahbarlik qilib, fuqarolarning muammolari bilan ularning shaxsan o‘zi shug‘ullanadi. 

Bandlik muammosi

Bugungi kunda 15 ta tumanda aholi bandligi bo‘yicha reja bajarilmagan va ushbu tuman hokimlari ishdan ketishi mumkin.

Shaharsozlik:

Bosh prokuror o‘rinbosari Samadov va Adliya vaziri Toshqulovga “O‘zbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan hamkorlikda boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan yashil hududlar, sport va bolalar o‘yin maydonchalarini aniqlash, shuningdek ularni o‘z joyiga qaytarish vazifasi topshirildi.

Tumanlar boshqaruvidagi islohotlar

Bir nechta tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgaradi: 9 ta vazirlikning tuman bo‘limlari hokimliklarga bo‘ysunadi, ular xodimlar yollash va ularni tasqimlash vakolatlariga ham ega bo‘ladilar.