O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Ishonch.uz saytiga bergan katta intervyusida Toshkent kelgusida zamonaviy xalqaro munosabatlarni qanday ko‘rayotgani haqida so‘zladi.

Toliblar

“Tolibon”ning tan olinishi: O‘zbekiston Afg‘onistonning ayni vaqtdagi hukumatini tan olishga tayyor, ammo buni xalqaro hamjamiyat va BMT bilan birgalikda amalga oshiradi. Shu bilan birga Toshkent “Tolibon” bilan hamkorlikni allaqachon yo‘lga qo‘ygan.

Bosim emas, yordam: “40 yil davomida tinchlik nimaligini bilmagan xalqqa qanday yashash kerakligini o‘rgatish emas, ko‘mak qo‘lini cho‘zish lozim”. Komilov Afg‘onistonning xalqaro maydondagi ishtirokini ta’minlashga chaqirdi.

Yevropa ittifoqi

Siyosatchi shuningdek, mintaqadagi mamlakatlarning pragmatik va mustaqil yondashuvini ta’kidladi: “Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘q – biz hamkorlik qilishda davom etamiz”.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov YeIni mintaqada Rossiya ta’sirini kamaytirishga urinishda ayblagan edi.

Markaziy Osiyodagi vaziyat

O‘tmishdan olingan saboq: 2016-2017-yillarda mintaqada urush boshlanishi mumkin edi. Komilovning aytishicha, “agar hammasi shunday davom etganda, qurolli to‘qnashuvning oldini olish imkonsiz bo‘lib qolardi”.

Komilov prezident Mirziyoyevning mintaqadagi davlatlar rahbarlari o‘rtasida maslahatlashuv formatini yo‘lga qo‘yishdagi rolini, ushbu yondashuv barqarorlik va hamkorlik uchun asos bo‘lganini alohida ta’kidladi.