Slovakiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar bundan ancha ilgari – Islom Karimov davridayoq o‘rnatilgan edi. Karimovning 1997-yilda Pragaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida noqulay vaziyat yuzaga kelgan. Siyosatchi chexiyalik hamkasbi Vatslav Gavelga portret tushirilgan gilam sovg‘a qilgan, portretdagi qiyofa esa Slovakiyaning o‘sha vaqtlardagi yetakchisi Mixal Kovachni yodga solardi. Karimov katta ehtimol bilan sovg‘alarni adashtirib yuborgan.

Fisoning Toshkentga tashrifi masalasiga kelsak, buni ham siyosiy, ham iqtisodiy vaziyat taqozo etmoqda. O‘tgan yili O‘zbekistonning 3000 nafardan ortiq fuqarosi Slovakiyaga ishchi viza olgan. Energetika sohasida hamkorlik qilish uchun ham ajoyib imkoniyatlar mavjud.

Gap shundaki, javob Fiso Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hamkorlar izlamoqda. Shu o‘rinda Robert Fiso Yevropa ittifoqi va NATO mamlakatlari ichida Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradining yagona mehmoni bo‘lganini yodga olish joiz. U 26-may sanasida Armanistonda o‘tib o‘tgan “Yerevan muloqoti”ga ham tashrif buyurgan.

Slovakiya prezidenti bilan birgalikda Toshkentga katta delegatsiya kelgan, bu Slovakiyaning mamlakatga sarmoya kiritish va biznesning turli sohalarini rivojlantirish istagidan darak beradi.

Bularning barchasi o‘zini qanchalik oqlashini esa kelajakda ko‘ramiz, ammo strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv munosabatlarga berilgan yuqori baho hisoblanadi. Fisoning Bryussel bilan o‘zaro munosabati yetarlicha keskin, jumladan Ukraina urushi masalasidagi fikrlari turlicha bo‘lsa-da, ularning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash masalasidagi qarashlari bir xil. Yaqindagina Toshkentga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham tashrif buyurgan edi.

Irji Yust, “Lidové Noviny” chex gazetasi muxbiri POLITIK “Markaziy Osiyo” uchun maxsus