
O‘zbekistonda xorij mamlakatlarida ishlash va o‘qishga qiziqish ortib bormoqda – minglab odamlar shu maqsadda xorijga ketish imkoniyatini izlayapti. Ommaviy talabning ortib borishi esa firibgarlarga qo‘l kelmoqda.
Nimalar sodir bo‘lyapti?
Kompaniyalar “konsalting” niqobi ostida chet elga qisqa vaqt ichida chiqishni va’da qilyapti. Odamlar buning uchun millionlab pul to‘laganlariga qaramay, vizasiz, shartnomasiz va umidsiz qolib ketmoqda.
Faktlar:
- Toshkentlik fuqaro Latviyaga ishga joylashish uchun “KONSALTING N1 B2B” firmasiga 16 million so‘m to‘lagan va bundan hech qanday natija bo‘lmagan.
- Farg‘onalik fuqaro “VIVAT VIZ” firma hisobiga $2 ming o‘tkazib, xorijga keta olmagan.
- Yangiyo‘llik fuqaro “BLACK MOUNTAIN PRO”ga 36 million so‘m to‘lagan – firmasi shunchaki yo‘q bo‘lib ketgan.
Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra:
Faqatgina shu yilning o‘zida 20 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Firmalar fuqarolarga xorijda o‘qish va ishlashni va’da qilib, ulardan pul olmoqda – ammo majburiyatlar bajarilmayapti, pullar ham qaytarib berilmayapti.
Buning uchun jazo bor:
“EVERYONE CONSULT”, “WORLDVIZA” kabi bir nechta firmalarga 112,5 million so‘m jarima solingan. “RICH RESULT”, “RAVON CONSULT GROUP”, “ADWORLD GROUP” firmalariga nisbatan esa qonuniy choralar ko‘rish boshlangan.
Kimlardan ehtiyot bo‘lish kerak?
O‘nglab kompaniyalar noqonuniy faoliyat olib boryapti:
“DIAMOND IDEAL”, “WORK AND STUDY ABROAD”, “SJ TEAM”, “CONSULTING FLY”, “ASIA CONSULT EDUGATELY”, “EURO ASIA CONSULTING CENTRE”, “GLOBAL CONSULTING EFFORT” va boshqalar. Ularning aksariyati litsenziyaga ega emas.
Nima qilish kerak?
- Firmani litsenziyalar reyestridan tekshiring: license.gov.uz
- “Balandparvoz” va’dalarga uchmang
- Rasmiy shartnoma imzolanguniga qadar to‘lovni amalga oshirmang
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin