
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi biznes uchun tutashgan yer uchastkalarini pulli ijaraga olish tartibini tasdiqladi. Yangi qoidalar 1-oktyabrdan kuchga kiradi.
Asosiy qoidalar:
O‘z binosidan 5 metrgacha masofada joylashgan uchastkalarni auksionsiz ijaraga olish mumkin.
Ijara shartnomasining muddati 1 yil, uzaytirish sharti bilan.
To‘lov — har bir metr kvadrat uchun yer solig‘i stavkasining 3 baravarigacha.
Qayerda mumkin:
Davlat organlarining doimiy foydalanishida bo‘lgan uchastkalarda.
Mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmatlar uchun.
Qayerda mumkin emas:
- Bolalar bog‘chasi, maktab, kasalxonalar yonida
- Xaykallar oldida, qo‘riqlanadigan hududlar va velosiped yo‘laklarida
- Chorrahalarga 15 metrdan yaqinda va piyodalar yo‘laklarida
- Svetofor yoki belgilar ko‘rinishini to‘sadigan joylarda
- “To‘xtash mumkin emas” belgisi mavjud hududlarda
Ijarachining majburiyatlari:
- Yagona dizayn-kodga amal qilish
- Kapital obyektlarni qurmaslik
- Piyodalar va tezkor xizmatlarga xalaqit qilmaslik
- Kommunikatsiyalarga shikast yetkazmaslik
Muhim:
Agar yer uchastkasi boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lsa, shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin. Ijarachiga demontaj uchun 15 kun vaqt beriladi.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin