
Rossiya benzin eksportini chekladi. Bu taqiq neft mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilarga ham tatbiq etiladi. Hukumat mavsumiy talab yuqori bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi dala ishlari olib borilayotgan paytda «ichki yoqilg‘i bozoridagi barqaror vaziyatni» saqlab qolish maqsadida ushbu qarorni qabul qildi.
Bu O‘zbekiston uchun nima degani?
Iqtisodchi Otabek Bakirov POLITIK Markaziy Osiyo uchun bergan sharhida, bunday cheklovlar O‘zbekiston yoqilg‘i bozorida narxlarning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Garchi taqiq «do‘st» davlatlar bilan tuzilgan hukumatlararo kelishuvlarga ta’sir qilmasligi haqida ishonch berilgan bo‘lsa-da, 2023 va 2024-yillarda kuzatilganidek, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Mutaxassis fikri
Birinchidan, bunday kelishuvlarga kiritilmagan kichik importchilar bozordan chiqib ketmoqda.
Ikkinchidan, Bakirovning ta’kidlashicha, hukumat ro‘yxatidagi monopolistlar, aksincha, shundoq ham baland bo‘lgan narxlarni ko‘tarish uchun bahona topishmoqda.
Uchinchidan, bu o‘z infratuzilmasi orqali importni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita nazorat qiladigan ichki benzin ishlab chiqaruvchilar uchun ishoradir.
To‘rtinchidan, cheklovlar bozorning 80 foizigacha ulushini egallagan AI-80 benzinidan voz kechish fonida kuchga kirmoqda.
Rossiyadagi qonunchilik o‘zgarishlari 2025-yil 31-avgustgacha amal qiladi.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin