
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif qilindi.
IIV tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirdi.
Bu nega muhim:
Hozirda mamlakatda oynalarni qoraytirishga ruxsatnoma juda qimmat bo‘lib, faqat bir yil muddatga beriladi. Yangi tashabbus undan arzonroq narxda va uzoqroq muddat foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tafsilotlar:
Hukumat qarorining loyihasida quyidagilar taklif qilinmoqda:
Yengil avtomobillar (M1 toifa) oynalarini qoraytirish bo‘yicha mavsumiy (may-avgust) ruxsatnomalarni joriy qilish;
Bunday ruxsatnomalar narxini pasaytirish:
— O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari uchun — 1 BHM (412 ming so‘m);
— Chet el kompaniyalari uchun — 5 BHM (2,06 mln so‘m).
Yillik tonirovkaning amaldagi narxi:
8 BHM (3,296 mln so‘m) — O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari uchun;
14 BHM (5,768 mln so‘m) — chet el kompaniyalari uchun.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
O‘zbekistonda Sea Breeze Uzbekistan QK ro‘yxatdan o‘tkazildi
4-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bunga...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 4 oy oldin