
2025-yilning 1-iyul sanasidan O‘zbekistonda qurilishni moliyalashtirishning yangi – eskrou-hisoblar va loyihaviy moliyalashtirish tizimi ishga tushadi. Bu so‘nggi yillarda ko‘chmas mulk bozorida ro‘y beradigan eng yirik o‘zgarish hisoblanadi.
POLITIK Markaziy Osiyo nashri bu borada ekspertlar va bozor ishtirokchilari, jumladan Realting.uz asoschisi Andrey Sodiqov bilan suhbatlashdi.
Nimalar sodir bo‘lmoqda?
Endilikda xonadon sotib oluvchilar pulni quruvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazmaydi.
Pul mablag‘i bankdagi eskrou-hisobda bloklanadi. Quruvchi uni qurilish ishlari yakunlangandan keyin olishi mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga loyihaviy moliyalashtirish – ma’lum turar joy majmualari uchun bank kreditlarini ajratish tizimi ishga tushadi. Undan o‘z mablag‘laringizning kamida 30 foizi mavjud bo‘lganda foydalanishingiz mumkin.
Ekspertlar nima deydi?
Bu mukammal tizim emas, ammo u bozordagi “lotoreya” xavfini olib tashlaydi. Zero, xonadon o‘yin yutug‘i emas, zaruriy ehtiyojdir.
Asosiy ma’lumotlar
1. Ulushdor himoyalanadi = quruvchi erkinligi cheklanadi
Quruvchilar qurilish bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri pul olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Bu biznesning moslashuvchanligini kamaytiradi, ammo xaridorlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2. Marjinallikka zarba
Qurilish rentabelligi pasayadi, ayniqsa ilgari qurilish ishlarini ulushdorlar hisobidan amalga oshirganlar uchun.
3. Kichik biznes yutqazmaydi. Yirik o‘yinchilarga esa ancha qiyin bo‘ladi.
Boisi, yirik quruvchilarning loyihalari bir nechta va murakkab tuzilishga ega bo‘ladi, hisobotlarda chalkashlik kuzatiladi.
Kichik biznes egalarida loyihalar ham, yuridik shaxs ham odatda bitta bo‘ladi, ularga bankning rasmiy talablariga javob berish nisbatan osonroq.
Monopollashuv bo‘lmaydi. Yirik o‘yinchilarga tekshiruvdan o‘tish qiyinroq bo‘ladi, – deydi bozor ishtirokchilari.
4. Kreditlarga bo‘lgan talab oshadi
Biznes egalari qarz olish uchun faolroq harakat qila boshlaydi. Bank tizimi bosimga duch keladi va pul ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
5. Banklar – vositachi, homiy emas
Banklarning vazifasi shunchaki pul berish emas, loyihalarni tekshirish, eskrou-hisoblarni nazorat ostida ushlash va xavfning oldini olishdan iborat bo‘ladi.
Kichik o‘yinchilarni kim qo‘llab-quvvatlaydi – bu savol hozircha javobsiz qolmoqda.
6. Davlat tizim ustida hali ancha ishlashi kerak.
O‘zbekiston bu borada xorij davlatlari, jumladan Rossiya tajribasini faol o‘rganmoqda.
Vaqt va tajriba kerak. Shunda mexanizm ishlay boshlaydi, – deydi ekspertlar.
Batafsil
Ayni vaqtda quruvchilar ulushdorlarning pulidan xohlagancha foydalanmoqda. Iyul oyidan boshlab, pullarni faqatgina maqsadli yo‘nalish bo‘yicha va bank nazorati ostida ishlatish mumkin bo‘ladi.
Islohotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “aldangan ulushdorlar” sonini kamaytirishdir.
Bu nima uchun muhim?
Endilikda bozorga kirish narxi ham oshadi. Mustahkam zaxiraga ega bo‘lmagan quruvchilar juda qiynalishadi.
Qurilish bozoriga bo‘lgan ishonch esa oshib boradi. Bu uzoq kelajakda quruvchilar foydasiga ishlay boshlaydi.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 3 oy oldin