
Si Szinpin Markaziy Osiyoning barcha besh davlati rahbarlari ishtirokidagi ikkinchi sammitga yetib keldi. Kun tartibidan resurslarga boy va geosiyosiy ahamiyatga ega mintaqa bilan strategik hamkorlikni kengaytirish, Xitoyning hududdagi manfaatlarini ilgari surish masalalari joy olgan.
Bu nima uchun muhim?
Ukrainadagi urush, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Yaqin Sharqdagi beqarorlik fonida Pekin Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy ekspansiyani tezlashtirmoqda – bu Moskvaning ta’sir doirasidagi hudud bo‘lib, unga YeI ham faol qiziqish bildiryapti.
Nimalar sodir bo‘lmoqda?
Sammit 18-iyun kuni Ostona shahrida o‘tkaziladi.
Si Szinpin 16-18-iyun kunlari Qozog‘istonda bo‘ladi, To‘qayev bilan muzokara o‘tkazadi va sammitda nutq so‘zlaydi.
Bu mintaqadagi besh mamlakat rahbarlarining tashqi derjava yetakchisi bilan o‘z hududidagi ilk uchrashuvi bo‘lib, u Markaziy Osiyoning taraqqiy etib borayotgan mustaqilligi ramzidir.
Uchrashuvda nimalarga e’tibor qaratiladi?
“Bir makon – bir yo‘l” (BRI) logistika tashabbusini rivojlantirish.
Iyul oyida qurilishi boshlanadigan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li ($8 mlrd) loyihasini muhokama qilish.
Savdo to‘siqlarini kamaytirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish.
Batafsil
Xitoy mintaqadagi besh respublikaning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. Uning Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi hajmi $33 milliard, O‘zbekiston bilan esa $14 milliardni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo Xitoy uchun nega muhim?
Mintaqa Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi yo‘lak hisoblanadi.
U neft, gaz, uran va kamyob metallarning ulkan zaxirasiga ega.
Markaziy Osiyodagi barqaror vaziyat Xitoyning ichki xavfsizligi, ayniqsa chegaradosh Shinjon uchun o‘ta muhimdir.
Xitoy Rossiyaning o‘rnini bosa oladimi?
Xitoy savdo-sotiq va infratuzilma masalalarida ustunlikka ega.
Rossiya esa xavfsizlik uchun muhim: Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston KXSHT a’zosi sanaladi.
Markaziy Osiyoning millionlab muhojirlari Rossiyada yashab, ishlashadi.
Qozog‘iston esa o‘z hududidagi ikkinchi atom stansiyasini qurish uchun Xitoy kompaniyasini tanlagan (birinchisini “Rosatom” quradi).
Xulosa
Pekin o‘zining mintaqadagi o‘rnini mustahkamlab boryapti, ammo hozircha Moskvaning o‘rnini bosa olmaydi. Markaziy Osiyo eski ittifoqdoshlar va yangi imkoniyatlar o‘rtasida mahorat bilan harakat qilmoqda.
O'xshash yangiliklar


Samarqandda onkologik bemorlar morfinsiz qoldi
O‘zbekistonning Samarqand viloyati uch oydan ortiq vaqt davomida onkologiya bilan kasallangan bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatish...


Qozog‘istonda “yuzlar ochilmoqda”
2025-yilning 30-iyun kuni Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni tanib olishni qiyinlashtiradigan liboslar kiyish taqiqlandi. Xuddi shunday...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Qozog‘iston
- Siyosat
- Yangiliklar
- 2 hafta oldin


Rossiya Tergov qo‘mitasining tasdiqlashicha, “Krokus”dagi teraktning buyurtmachisi Ukraina bo‘lgan
Nimalar sodir bo‘ldi? Rossiya Tergov qo‘mitasi 2024-yilning mart oyida 149 kishi qurbon bo‘lgan “Krokus Siti...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Qozog‘iston
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 hafta oldin


“Arvoh” firmalar ishlash uchun O‘zbekistondan ketmoqchi bo‘lganlarni chuv tushiryapti
O‘zbekistonda xorij mamlakatlarida ishlash va o‘qishga qiziqish ortib bormoqda – minglab odamlar shu maqsadda xorijga...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Qozog‘iston
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 hafta oldin


2025-yilda Qozog‘istonga Starlink rasman kirib keladi. O‘zbekistonga-chi?
Qozog‘iston Ilon Maskning Starlink kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi. Joriy yilning uchinchi choragidan boshlab mamlakatning istalgan...
- Dolzarb
- Markaziy Osiyo
- Qozog‘iston
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 hafta oldin