
Nimalar sodir bo‘ldi?
Iqtisodchi Yuliy Yusupov Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistonni 2020-yildan beri kuzatilayotgan soliq tushumlari kamayishini qoplashga va byudjet daromadlarini oshirish uchun soliq yukini oshirishga chaqiruvchi tavsiyalarini tanqid qildi.
Batafsil
XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yildan buyon soliq tushumlari YAIMga nisbatan 2 foizga kamaygan va bu bo‘shliq 3 yil ichida bartaraf etilishi kerak. XVJ shuningdek, quyidagilarni tavsiya qilgan:
- Alkogol, yoqilg‘i, transport va shakar uchun aksiz solig‘ini oshirish
- Sarmoyadorlar uchun soliq imtiyozlarini qisqartirish
- Samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qilish
- 12 foizlik yagona stavka o‘rniga daromad solig‘ining progressiv shkalasini joriy etish
Yusupov nima deydi?
Iqtisodchining aytishicha, muammo daromad ko‘rsatkichlarining pasayishida emas, balki xarajatlarning o‘sib borayotganidadir.
Yusupovning ta’kidlashicha, XVJ tavsiyalari reallikka mos kelmaydi: O‘zbekiston badavlat mamlakat emas, faqatgina boy iqtisodiyotga ega mamlakatlar yuqori soliqlarga bardosh bera oladi.
Bu nima uchun muhim?
Iqtisodchi XVJ tavsiyalari va mamlakatning makroiqtisodiy sharoitlari o‘rtasida tafovutlar mavjud ekanligini ta’kidlaydi: aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichining pastligi (~$3000) va davlat xarajatlarining yuqori ulushi (YAIMning 40 foizidan yuqori) sharoitida soliq yukining oshishi iqtisodiy o‘sish va biznesning raqobatbardoshligiga putur yetkazishi mumkin.
Yusupov nimani taklif qilmoqda?
- Davlat, xususan iqtisodiy xarajatlarni keskin qisqartirish
- Davlatning mulkdor sifatidagi rolini kamaytirish
- Biznes uchun soliq va qarz yukini yengillashtirish
- Raqobatni kuchaytirish uchun imtiyozlar va to‘siqlarni bekor qilish
- Iqtisodiyotda mansabdor shaxslar rolini qaytadan ko‘rib chiqish:
“Mansabdorlarning ixtiyorida qanchalik ko‘p mablag‘ bo‘lsa, ular shunchalik ko‘p narsani xohlashadi va bu mablag‘ hech qachon yetarli bo‘lmaydi”.
Iqtisodchining fikricha, davlat iqtisodiyotdagi ishtiroki tamoyillarini tizimli ravishda isloh qilmasa, har qanday choralar barbod bo‘lishi mumkin.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- 3 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- 3 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- 3 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- 3 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- 3 oy oldin