
Vazirlar Mahkamasining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi: endilikda fuqaro jinsini o‘zgartirganda familiyasi, ismi va otasining ismini ham o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avvallari madaniy va til bilan bog‘liq chegaralar bunga imkon bermagan.
“Misol uchun, endilikda Dilshod ismini hech bir muammosiz Dilshodaga o‘zgartirsa bo‘ladi” – deb yozdi sobiq deputat Rasul Kusherbayev.
Nimalar o‘zgardi:
Avvallari jinsni o‘zgartirganda faqatgina hujjatlarga tuzatish kiritish va FISHni tilning an’anaviy me’yorlari doirasida o‘zgartirish mumkin edi. Endi esa FISHni umumiy asoslarda o‘zgartirish imkoni bor. Jumladan.
- jins o‘zgartirilganda ixtiyoriy ravishda
- sud asosida
- agar ism-familiyasi yoqimsiz eshitilsa
- oila a’zolari bilan bir xil familiyada bo‘lishni istasa
- farzandlikka olinganda va otalik belgilanganda
- ajrim vaqtida – nikohgacha bo‘lgan familiyani qaytarib olishda
Bu qanday ishlaydi?
- Tashxisni (gender disforiyasi) tasdiqlash uchun psixonevrologik dispanserda komissiyadan o‘tiladi
- Rasmiy tibbiy xulosa olinadi
- Istakka ko‘ra, jins jarrohlik usuli bilan o‘zgartiriladi (ko‘p hollarda xorijda, misol uchun Qirg‘izistonda)
Hujjatlarni FHDYO bo‘limiga topshirish – pasport va boshqa qog‘ozlarda jinsni va FISHni o‘zgartirish uchun o‘rtacha 1 oy vaqt kerak bo‘ladi.
Amalda esa barchasi ancha qiyin:
- Komissiya ko‘p hollarda rad javobini beradi – bu jarayon uzoq davom etadi va qat’iy nazorat qilinadi
- Jinsni o‘zgartirish bo‘yicha operatsiyalar O‘zbekistonda deyarli o‘tkazilmaydi
- Jamiyat ko‘p hollarda ularni tanqid qiladi: ishdan bo‘shatish, ta’qib kuzatilishi mumkin
- Erkaklar o‘rtasidagi bir jinsli munosabat uchun jazo bor (3 yilgacha)
- Diskriminatsiyaga qarshi qonun mavjud emas
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 6 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 6 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 6 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 6 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Dolzarb
- O'zbekiston
- Yangiliklar
- 6 oy oldin