4-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bunga KTYADR ma’lumotlariga tayanib, Spot e’tibor qaratdi.

Tafsilotlar

  • Faoliyat turi – noturar joy binolarini qurish;
  • Ustav fondi – 400 mln so‘m;
  • Ta’sischilar — Agalarov Development (Ozarbayjon) va Ulug‘bek Mahmudov — har birining ulushi 50% dan;
  • Direktor — Sardor Hamidov.

Kontekst

Iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarda Shaxrisabz ko‘chasida joylashgan savdo ofisi suratlari paydo bo‘ldi. Keyin esa u yerda loyihaning faqatgina Boku shahrida joylashgan mulklari sotilishi aytildi.

Sea Breeze Uzbekistan savdo ofisi manzili Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Breeze Development yuridik manzili bilan bir xil. 

Ulug‘bek Mahmudov bir nechta kompaniyalarda, jumladan 3-iyun kuni ro‘yxatga olingan va 27-iyul kuni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan Breeze Development kompaniyasida o‘z ulushlariga ega.