Telegramda “To‘y taklifnomasi” ko‘rinishidagi virusli fayllar tarqalmoqda. Ulardan biri – .apk formatidagi fayl POLITIK Markaziy Osiyo tahririyatiga ham kelib tushdi.

.apk nima?

Bu Android ilovalariga o‘rnatiladigan maxsus fayl. Agar uni Android smartfonlarida ochsangiz, zararli dastur qurilmaga o‘rnatiladi, ma’lumotlaringiz, kamera, mikrofon va boshqalar uning nazorati ostiga o‘tadi. Bank ilovalari va SMSlar ustidan nazorat yo‘qotilganda kartalaringizdagi pullar yechib olinadi.

.apk iPhone va kompyuterda ochilmaydi – qo‘rqishga hojat yo‘q.

Apple foydalanuvchilari esa himoya ostida: iOS App Storega begona ilovalarni o‘rnatishga ruxsat bermaydi.

Nima qilish kerak?

– Hech qachon .apk fayllarni ocha ko‘rmang, hattoki ular “To‘y taklifnomasi” kabi ko‘rinsa ham

– Bu kabi fayllarni darhol o‘chirib tashlang

– Faylni yuborgan foydalanuvchini bloklang (+shikoyat yuboring)

To‘ylar o‘zbeklar uchun muhim ahamiyatga ega va firibgarlar aynan mana shu narsadan foydalanishga urinmoqda. Ogoh bo‘ling!