
Sankt-Peterburgda muhojirlarning taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashiga nisbatan taqiq joriy etilishi mumkin. Shahar gubernatori qarori loyihasi “Korrupsiyaga qarshi ekspertiza” bo‘limida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlari taqiqlanadi:
- Taksi va haydovchi bilan avtomobil ijarasi
- Kuryer sifatida ishlash, jumladan oziq-ovqat yetkazib berish
- Transportdan foydalangan holda har qanday turdagi yetkazib berish xizmati
Tafsilotlar
Bu YeII (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belorus) fuqarolariga taalluqli emas.
Ko‘rsatmalarni bajarish uchun hujjat kuchga kirgan kundan boshlab 3 oy vaqt ajratiladi. Mehnat va bandlik qo‘mitasi 2026-yilda aynan shunday taqiq qo‘yish bo‘yicha taklif kiritishi shart.
Bu kabi taqiqlar Rossiyaning boshqa hududlarida ham joriy etilgan.
Markaziy Rossiya
Kaluga, Tambov, Lipesk, Tula, Voronej: taksi, transport, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, ta’lim va madaniyat sohalarida ishlash taqiqlangan.
Tver, Smolensk, Kostroma: ijtimoiy sohalarda taqiqlar mavjud.
Volga bo‘yi
Nijniy Novgorod: kuryer, shifokor, umumiy ovqatlanish sohasi xodimi sifatida ishlash mumkin emas.
Perm, Orenburg: transport, neft, dorixona, kiosklar, qurilish sohasida ishlash taqiqlangan.
Udmurtiya: sabzavotchilik, yo‘lovchi tashish, taksi haydovchisi sifatida faoliyat yuritish taqiqlangan.
Ural
Chelyabinsk: mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish, ta’mirlash, ko‘ngilochar tadbirlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqiqlar mavjud.
Qo‘rg‘on: ta’lim, ovqatlanish, transport.
Tyumen, Yugra, YANAO: transport, alkogol va tamaki savdosi, umumiy ovqatlanish yo‘nalishlarida ishlash taqiqlangan.
Sibir
Kemerovo (Kuzbass): taqiqlangan sohalar – mehmonxonalar, taksi, tibbiyot, kosmetologiya, ta’lim.
Krasnoyarsk: taksi, alkogol va tamaki savdosi.
Janub
Krasnodar o‘lkasi: 85 turdagi faoliyat bo‘yicha (qishloq xo‘jaligidan tortib mehmonxona yo‘nalishigacha) cheklovlar mavjud.
Qrim: 35 turdagi faoliyat, jumladan IT, ta’lim, oziq-ovqat, media yo‘nalishlarida ishlash taqiqlangan.
Volgograd: taqiqlangan sohalar (2025) — tibbiyot, savdo-sotiq, transport, yetkazib berish, ovchilik.
Uzoq Sharq
Magadan: 2024-yildan boshlab taksi va jamoat transportlarini boshqarish taqiqlangan.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Yangiliklar
- 5 oy oldin