
Yangi hukm
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti yana sudlandi. Sadir Japarovning fikricha, hukm o‘ta qat’iy. Atambayevning o‘zi ayni vaqtda xorijda davolanmoqda.
3 iyun kuni Bishkek sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. U bir nechta – Qoy-Tosh qishlog‘idan noqonuniy yer olish, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va korrupsiya ishlari bo‘yicha aybor deb topildi.
Prezident Sadir Japarov sud qarori bo‘yicha izoh berdi.
“Ehtiroslar allaqachon bosilgan. O‘ylashimcha, sud bunchalar qattiq bo‘lmasligi ham mumkin edi”
Japarov Atambayev rasmiy ravishda murojaat qiladigan bo‘lsa, uni avf etishga tayyorligini aytdi.
BMT va Sorosning “erkatoyi”
Almazbek Atambayev prezidentlikka uch marta o‘z nomzodini qo‘ygan va 2011 yilda 62 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. U Markaziy Osiyoda vakolat muddati tugaganidan keyin (2017) o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etgan birinchi prezident hisoblanadi.
Jorj Soros Atambayevni “Korrupsiyaga aralashmagan prezident” deb bilgan, BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish esa uning demokratik islohotlarini e’tirof etgan. Atambayev boshqaruvi davrida Qirg‘izistonda o‘nlab mamlakatlar bilan viza rejimi soddalashtirilgan.
U nima uchun sudlanmoqda?
Atambayev o‘z lavozimidan ketgach, bir nechta jinoiy ishlar markazida bo‘lib qoldi. 2019-yilda siyosatchi prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilindi – parlament aynan shu maqsadda qonunga o‘zgartirish kiritdi.
Haqiqiy tomosha 2020-yildan keyin boshlandi. Shu yili Atambayevning Qoy-Toshdagi uyida siyosatchi tarafdorlari va qurolli kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. U siyosatga qaytishga urindi, ammo tez orada qo‘lga olindi. O‘shanda sobiq prezident avtomobiliga qarata o‘q ham uzilgan edi.
Ayni vaqtda Atambayev sirtdan qamoqqa hukm qilingan. U davolanish uchun Ispaniyaga qo‘yib yuborilgan.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Qirg'iziston
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Qirg'iziston
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Qirg'iziston
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Qirg'iziston
- Yangiliklar
- 5 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Qirg'iziston
- Yangiliklar
- 5 oy oldin