
2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, Qirg‘iziston YOII mamlakatlari ichida eng barqaror iqtisodiyotga ega davlat deb topildi. O‘zbekiston esa xalqaro reyting agentliklaridan ijobiy signallar olayotgan bo‘lsa-da davlat qarzi o‘sishda davom etmoqda.
Bu nima uchun muhim?
Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichi boshlanmoqda. Qirg‘izistonda investitsiyalar va ichki islohotlar tufayli sezilarli o‘sish kuzatilyapti, O‘zbekiston esa tashqi qarzining o‘sib borayotganiga qaramay, izchil islohotlar sabab xalqaro moliya institutlarining ishonchini saqlab turibdi.
Raqamlar gapirganda
Qirg‘iziston
I chorakdagi byudjet profisiti – $500 mln.
Yanvar-aprel oylarida byudjet daromadi 69,2 foizga oshgan.
YAIM o‘sishi – I chorakda 13,1 foiz.
Asosiy yo‘nalishlar: oziq-ovqat sanoati (+71%), qurilish (+69%), asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar (+90%).
O‘zbekiston:
Davlat qarzi I chorakda $2,22 milliardga oshib, umumiy hisobda $42,4 milliardga yetgan.
Tashqi qarz – 35,57 mlrd (umumiy qarzning 84 foizi), bir yil ichida 20,7 foizga oshgan.
Olingan qarzlarning deyarli yarmi byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonga kimlar kredit ajratmoqda?
Kreditorlarning asosiy qismini xalqaro moliya institutlari tashkil etadi – tashqi qarzlarning 19,26 milliardini yoki 54 foizini aynan ular taqdim etgan.
- Jahon banki — 7,74 mlrd (22%)
- Osiyo taraqqiyot banki –7,44 mlrd (21%)
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki — 1,65 mlrd (5%)
- Islom taraqqiyot banki — 932 mln (3%)
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi — 650 mln (2%)
Tashqi qarzning yana $10,62 milliardi (30 foizi) xorijiy hukumatlarga to‘g‘ri keladi:
- Xitoy — 3,64 mlrd (10%)
- Yaponiya — 3,07 mlrd (9%)
- Fransiya — 1,02 mlrd (3%)
- Janubiy Koreya — 745 mln (2%)
- Saudiya Arabistoni — 136 mln
Batafsil
Qirg‘iziston ichki resurslar va investorlarga tayangan holda infratuzilma, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonning tashqi qarzi o‘sib borayotganiga qaramay, hukumat strategik tarmoqlarga xalqaro resurslarni muvaffaqiyatli tarzda jalb qilib kelyapti. Qarz ko‘rsatkichlarining o‘sib borishi institutsional islohotlar va modernizatsiya jarayoni bilan birga kechmoqda.
2025-yilning aprel oyida “S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekistonning suveren reyting bo‘yicha darajasini “barqaror”dan “ijobiy”gacha yaxshiladi.
Prognozlarga ko‘ra, har ikki davlatda ham iqtisodiy o‘sish barqaror davom etadi.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Markaziy Osiyo
- Yangiliklar
- 4 oy oldin