29-iyul kuni soat 05:30 dan 08:00 ga qadar Nukus shahri chekkasidagi Ashshiko‘l hududida SP30 samolyotidan kimyoviy dori sepiladi. Ultra kichik hajmdagi purkash texnologiyasi amalga oshiriladi. U odatda begona o‘tlar va hasharotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ashshiko‘l – o‘nlab noyob turlar: Qizil kitobga kiritilgan qushlar, sudralib yuruvchilar va chiyabo‘rilar yashaydigan noyob tabiat obyekti hisoblanadi.

Kimyoviy moddalar ko‘lning nozik ekotizimiga zarar yetkazishi, suvni zaharlashi va jonivorlarga ziyon yetkazishi mumkin.

Jamoatchilik purkash fikridan zudlik bilan qaytishni va xavfsiz alternativ usullarga murojaat qilishni talab etmoqda.

Aholi vakillariga esa ko‘chaga chiqmaslik, eshik va derazalarni yopiq holatda ushlash, chorva mollarini ko‘lga yaqinlashtirmaslik, 5 kun ichida ko‘lda cho‘milmaslik tavsiya etilgan.