2025-yilning 30-iyun kuni Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni tanib olishni qiyinlashtiradigan liboslar kiyish taqiqlandi. Xuddi shunday taqiqlar O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikistonda ham amal qilmoqda. Yagona istisno hozircha Turkmaniston bo‘lib qolyapti.

Ma’lumotlar

Prezident Qosim Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolangan qonunda xizmat vazifalari, tibbiy ko‘rsatmalar, noqulay ob-havo sharoiti va madaniy tadbirlar tufayligina istisno holatlariga yo‘l qo‘yiladi.

Hujjatda niqob haqida gap ketmagan bo‘lsa-da, taqiq aynan unga tegishli bo‘lishi mumkin – avvalroq, To‘qayev niqobni “radikal kayfiyatdagi neofitlar qozog‘istonlik ayollarga “tiqishtirayotgan” arxaik libos” deb atagan edi.

Mintaqadagi vaziyat:

O‘zbekiston 2023-yilning noyabr oyida yuzni yopib turuvchi libos kiyganlik uchun 810 dollargacha jarima joriy qilgan. Istisno holatlari Qozog‘istondagi kabi.

Tojikiston 2024-yilning iyun oyida hijob va “milliy madaniyatga yot” liboslarni taqiqlagan. Rasmiylar buni xurofot va aqidaparastlikka qarshi kurash bilan izohlaganlar.

Qirg‘iziston ham 2025-yilning yanvar oyidan boshlab shaxsni identifikatsiya qilishga xalal beradigan liboslar kiyishni taqiqlagan, bundan tashqari, muassasalarda diniy faollik cheklangan.

Turkmanistonda bunday taqiqlar hozircha yo‘q.

Bu nima uchun muhim?

Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiylari jamoat xavfsizligi va milliy o‘ziga xoslik masalalariga e’tibor qaratgan holda davlatlarni dunyoviy jihatdan mustahkamlashga intilmoqda. Bunday choralar bahs-munozaralarga sabab bo‘lsa-da, jamoat joylarida diniy ramzlarni cheklash bo‘yicha mintaqaviy tendensiyaga mos keladi.