Tegishli qaror gubernator Aleksandr Beglov tomonidan imzolangan. U 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.

Bu nima uchun muhim?

Shahar rasmiylarining aytishlaricha, mazkur chora taksi xizmati sifati va xavfsizlikni oshirish, shuningdek, Rossiya fuqarolari uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Endi nima bo‘ladi?

Kompaniyalarda xorij fuqarolari bilan shartnomalarni bekor qilish va yangi haydovchilarni ishga yollash uchun 3 oy vaqt bor.

Yil oxirigacha mazkur taqiqning iqtisodiyotga ta’sirini baholash va uni 2026-yilda ham uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilish rejalashtirilgan.