
Qozog‘iston Xitoyni uchinchi atom elektrstansiyasini qurish bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rib chiqmoqda
Bu haqda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi.
“Fikrimcha, shunday. Xitoydan”, — dedi u ikkkinchi AESda ishtirok etgan kompaniya yana jalb qilinishi ehtimoli yuzasidan savolga javoban.
Ikkinchi stansiya uchun hukumat avvalroq birinchi AES bo‘yicha tanlovda ham ishtirok etgan Xitoyning CNNC kompaniyasini ko‘rib chiqmoqda.
Sklyarning ta’kidlashicha, doimiy suv manbaining mavjudligi hamda qaysi mintaqa energiya iste’molchisi bo‘lishini tushunish muhim. AES uchun joyni 2025-yilda tanlash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi AES “Rosatom” tomonidan qurilmoqda. Ekspertlar orasida tanlovning Rossiya kompaniyasi foydasiga bo‘lgani faqat texnik sabab bilan cheklanmaganligiga doir fikr mavjud.
Xususan, Energy Monitor direktori Nurlan Jumagulovning aytishicha, Moskva moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarga qaramay, “Rosatom”ni ilgari surish uchun Astanaga siyosiy bosim o‘tkazmoqda.
O'xshash yangiliklar
Qirg‘izistonda yangi qonun efirga kirish huquqini Vazirlar Mahkamasiga beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25-iyun kuni parlament tomonidan qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni...
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
IIV yozda avtomobil oynalarini qoraytirish narxini pasaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda yozgi mavsumda – maydan avgustgacha avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) bo‘yicha ruxsatnoma narxini pasaytirish taklif...
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Toshkent yashash sifati bo‘yicha Osiyodagi top-30 shahar orasidan o‘rin oldi, ammo mamlakatning o‘zi reytingga kirmadi
Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin. Belarus...
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Qashqadaryo mahalliylashtirishni trillion so‘mga chiqarmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi salohiyatini tahlildan o‘tkazdi. Tadqiqot...
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 oy oldin
Almati aeroporti xalqaro xabga aylanadi
2050-yilgacha Olmaota aeroportini (AXA) xalqaro aviaxabga aylantirish rejalashtirilmoqda Maqsad – yo‘lovchilar oqimini yiliga 12,5 mln...
- Siyosat
- Yangiliklar
- 3 oy oldin