Indeksda Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar orasidan faqat Qozog‘istonni ko‘rish mumkin – 89 o‘rindan 74-o‘rin.

Belarus 134,8% indeksi bilan 52-pog‘onada, Xitoy – 57-pog‘onada (127,7%), Armeniya – 65-pog‘onada (120,2%), Rossiya – 71-pog‘onada (113,5%) joylashdi.

Ro‘yxatning oxirida Nigeriya (15,6%), birinchi o‘rinda esa Lyuksemburg (218,2%) qayd etildi.

Reyting yashash sifatini hisoblash indeksi asosida shakllantirilgan bo‘lib, unga yashash qiymati, xaridorlik qobiliyati, ko‘chmas mulk narxlarining daromad, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ekologiyaga nisbati ta’sir qiladi.

Masalan, O‘zbekistonda yashash qiymati baland emas – 24,9%. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 26,6%, Rossiyada – 36,1%, Italiyada – 57,2%, Germaniyada – 64,7%, Isroilda – 69,6%, Lyuksemburgda – 73,5% darajada.

Mahalliy xaridorlik qobiliyati bo‘yicha O‘zbekiston 47,8% to‘pladi, Qirg‘iziston va Tojikistonda mazkur ko‘rsatkich yanada pastroq – muvofiq ravishda 42,2% va 25,7%. Mintaqa bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni Qozog‘iston (54,9%) namoyon etdi.

O‘zbekiston chindan yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yagona yo‘nalish – xavfsizlik indeks. Mamlakat Shvetsariya, Islandiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va BAA kabi davlatlar qatorida top-30 ro‘yxatga kiradi.

Biroq, turmush sifati bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, butun Osiyo bo‘ylab dastlabki o‘ttiztalikdan faqat poytaxt – Toshkent o‘rin olib, Astana, Mumbay, Bangkok, Shanxay, Pekin, Istambul va Anqaradan o‘zishga erishdi.